Asosiy qismga oʻtish
Instagram va Telegram uchun AI

Uxlamaydigan sotuvchihar bir savolga javob beradi

AI admin izoh va DM’larga bir necha soniyada javob beradi, mijozni saralaydi, manzil va telefonini yigʻadi va tayyor leadni sizga uzatadi. Oʻzbekcha gapiradi va shevalarni ham tushunadi.

  • Rasmiy Meta API
  • Instagram + Telegram
  • Oʻzbek tili va shevalar
  • Narx oʻzidan toʻqilmaydi
GR

gulnora_r

Instagram · Yozishmalar

AI

21:47

GR

Qora koʻylak bormi? M oʻlcham kerak edi

Ha, bor, 450 000 soʻm. Ismingiz va telefon raqamingizni yozib qoldirasizmi?

Koʻrildi
GR

Gulnora, 90 123 45 67

Xabar yozing…

Bugungi javoblar

142 +14

Shu hafta

Gulnora Rashidova

90 123 45 67 · Qora koʻylak

4

Javob kutayotgan savollar

Jamoangiz uxlaydi. Mijoz esa boshqa doʻkondan sotib oladi.

Instagram va Telegram tunu kun ishlaydi, jamoangiz esa yoʻq. Kechqurun kelgan “bormi?” degan savol ertalabgacha javobsiz qolsa, mijoz allaqachon boshqa joydan xarid qilgan boʻladi.

  • 200 ta izoh, bitta siz.
  • Har safar bir xil savollar.
  • Nima koʻp soʻralgani hech qayerda yoʻq.
1247118javobsiz

Farqi

Ertalabgi javob emas, 28 soniyada

Bitta savol, ikki xil kech. Farqni mijoz sezadi.

Hozir

Salom! Bu qora koʻylak bormi? M oʻlcham va narxi qancha?

11 soat 35 daqiqa

Salom, ha bor. Kechirasiz, kech javob berdik.

  • Kechqurun savol, ertalab javob
  • Xabar izohlar orasida yoʻqoladi
  • Dam olish kunlari javob yoʻq

AI admin bilan

Salom! Bu qora koʻylak bormi? M oʻlcham va narxi qancha?

28 soniya

Assalomu alaykum! Ha, qora koʻylak M oʻlchamda bor, 450 000 soʻm. Buyurtma bersangiz, ismingiz va telefon raqamingizni yozib qoldirasizmi?

  • Narx katalogingizdan olinadi
  • Tunda ham, bayramda ham
  • Ism va telefonni oʻzi soʻraydi

Jonli sinov

Oʻzingiz sinab koʻring

Quyida, namunaviy kiyim doʻkonining haqiqiy yozishmasi. Savolingizni yozing, sinovni oʻz mahsulotlaringiz bilan boshlaymiz.

NM

Nilufar Moda

Instagram · Odatda bir necha soniyada javob beradi

AI

21:47

Salom! Bu qora koʻylak bormi? M oʻlcham va narxi qancha?

Koʻrildi
NM

Assalomu alaykum! Ha, qora koʻylak M oʻlchamda bor, 450 000 soʻm. Buyurtma bersangiz, ismingiz va telefon raqamingizni yozib qoldirasizmi?

Gulnora, 90 123 45 67

NM

Rahmat, Gulnora! Buyurtmangizni oldim, bugun tasdiqlash uchun qoʻngʻiroq qilamiz.

Bu namunaviy katalog. Sizniki oʻz mahsulotlaringiz, narxlaringiz va ohangingiz bilan ishlaydi.

Nima qiladi

Sotuvchi qiladigan ishni qiladi, faqat toʻxtamasdan

28s

Soniyalarda javob

Izoh, DM, Telegram. Odam kabi oʻylab, soniyalarda.

GR90 123 45 67TayyorAKnarx soʻradiSovuqSBkoʻrib chiqdiSovuq

Mijozni saralaydi

Haqiqiy xaridorni qiziquvchidan ajratadi.

Qora koʻylak450 000Oq koʻylak380 000450 000 soʻm

Oʻzidan hech narsa toʻqimaydi

Har bir narx katalogingizdan. Chegirma vaʼda qilmaydi.

Bilmasa, sizdan soʻraydi

Savolni sizga yuboradi, javobingizni mijozga yetkazadi.

0:07

Ovozli xabarni tushunadi

Golosovoyni eshitadi. Tushunmasa, yozishni soʻraydi.

AI javob bersin
Oʻchirilgan

Istalgan chatda oʻchiriladi

Bir tugma, va oʻsha chatda boshqa yozmaydi.

Qanday ishlaydi

Uch qadam

  1. 1

    Hisobingizni ulang

    Instagram va Telegram, rasmiy API orqali. Ulashda biz yordam beramiz.

  2. 2
    katalog.xlsx 3 mahsulot
    8 dona450 0003 dona380 00012 dona520 000

    Mahsulotlarni yuklang

    Roʻyxatni bizga yuborasiz, katalogni birga yuklaymiz.

  3. 3
    GRgulnora_r AI
    Lead saqlandi · 90 123 45 67

    Ishga tushiring

    AI yozishmani oladi, siz natijani koʻrasiz.

Hisob-kitob

Javobsiz qolgan savol qancha turadi?

Oʻz raqamlaringizni qoʻying. Hisob brauzeringizda qoladi, bizga hech narsa yuborilmaydi.

Javobsiz qolganlardan qanchasi xarid qilardi

Oyiga yoʻqotilayotgan savdo

16 200 000 soʻm

Yoʻqotilgan savdo16 200 000 soʻm
ai admin299 000 soʻm / oy

ai admin toʻlovi shu yoʻqotishning 2% ini tashkil qiladi.

Hisobimni ulash

Bu taxminiy hisob, faqat siz kiritgan raqamlar asosida.

Narx

Bitta narx, yashirin toʻlovlarsiz

Har oy toʻlanadi, istalgan vaqtda bekor qilinadi.

Biznes

299 000

soʻm / oy

Boshlash
  • Oyiga 3 000 ta AI javob, ishlatilmagani keyingi oyga oʻtadi
  • Instagram izoh va DM’lar
  • Telegram yozishmalari
  • Cheksiz mahsulot katalogi
  • Leadlar dashbordi va analitika
  • Bilmagan savolini sizdan soʻrash va sotuv tasdiqlash
  • Google Sheets / AmoCRM / Bitrix24 ulanishi
  • Ovozli xabarlarni tushunish

Ulanish va sozlash biz tomonidan, qoʻshimcha toʻlovsiz.

Savollar

Koʻp beriladigan savollar

Bu Instagram qoidalariga mos keladimi?+

Ha. Biz faqat Meta’ning rasmiy API’sidan foydalanamiz, yaʼni Instagram oʻzi ruxsat bergan yoʻldan. Bu hisobingiz uchun eng xavfsiz usul, chunki hech qanday “parol berish” yoki avtomatlashtiruvchi dastur talab qilinmaydi. Shuni ham halol aytamiz: Meta nomidan 100% kafolat berish hech kimning qoʻlidan kelmaydi, lekin rasmiy API hozircha eng xavfsiz variant.

Robotdek gapiradimi?+

Yoʻq. U sizning oʻz gapirish uslubingizga oʻrgatiladi, biz sizning haqiqiy yozishmalaringizdan namunalar kiritamiz. Doim “siz” shaklida, hurmat bilan gapiradi, mijozning uslubiga moslashadi va javob berishdan oldin 10–30 soniya “oʻylaydi”.

Odam suhbatni oʻz qoʻliga olishi mumkinmi?+

Albatta. Dashborddan istalgan suhbatga oʻzingiz yozishingiz mumkin, shunda AI bir soatga chetga chiqadi. Yoki umuman oʻchirib qoʻyasiz: oʻsha chatda boshqa hech qachon yozmaydi.

Bilmagan savoliga nima qiladi?+

Hech narsa toʻqimaydi. Mijozga “aniqlab, sizga yozaman” deydi, savolni sizga yuboradi va siz javob berganingizdan keyin uni mijozga yetkazadi. Shu javob keyingi safar uchun eslab qolinadi.

Xorazm shevasini tushunadimi?+

Oʻzbek tilining shevalarini tushunishga sozlanadi va sizning hududingizdagi soʻzlarni bazasiga kiritamiz. Ovozli xabarlarda sheva har doim ham toʻgʻri tanilmasligi mumkin, bunday holatda AI mijozdan matn koʻrinishida yozishni soʻraydi, notoʻgʻri javob berishdan koʻra shu yaxshiroq.

Maʼlumotlarim xavfsizmi?+

Har bir biznesning maʼlumotlari alohida saqlanadi va bir-biriga koʻrinmaydi. Instagram va Telegram kalitlari shifrlangan holda saqlanadi. Yozishmalar faqat sizga va bizning texnik jamoamizga koʻrinadi.

Bugun kechqurun kelgan savol javobsiz qolmasin

Hisobingizni ulaymiz, katalogingizni yuklaymiz, AI ertagayoq javob bera boshlaydi.

Bepul boshlash

Leadlaringizni yoʻqotishni bas qiling

Qoldiring, bir ish kuni ichida bogʻlanamiz va hisobingizni oʻzimiz ulab beramiz.

  • Rasmiy Meta API
  • Instagram + Telegram
  • Oʻzbek tili va shevalar
  • Narx oʻzidan toʻqilmaydi
+998